Tashkent, Uzbekistan
+99897 7770356
info@sverka.uz

Biznes gʻoya: qanday qilib Oʻzbekistonda “dostavka” xizmatini ochish mumkin

Сайт сравнения цен и услуг

Biznes gʻoya: qanday qilib Oʻzbekistonda “dostavka” xizmatini ochish mumkin

Spot mazkur mavzuni “Stolik” yetkazib berish xizmati misolida yoritib beradi.

Oziq-ovqat yetkazib berish biznesi tez oʻsib bormoqda. Ilgari kuryerlar faqat pitsa va “fast food”larni yetkazib bergan boʻlsalar, bugungi kunga kelib mijozlar barcha turdagi mahsulotlarni “dostavka” orqali xarid qilishga oʻtib olganlar.

Oʻz oʻrnida shu xizmatga boʻlgan talab ham oshib bormoqda. Shundan kelib chiqib, bu galgi maqolamiz “dostavka” xizmatini tashkil etish haqida soʻzlaymiz. Toshkentdagi ana shunday xizmatlardan biri boʻlgan “Stolik”ning keysini koʻrib chiqamiz.

Oziq-ovqat yetkazib berish biznesini qanday boshlash kerak

“Stolik” dasturining asoschilaridan biri Qodir Norov Amerikaning mashhur biznes maktablarida (Uorton) tahsil olgan. Shu vaqt mobaynida Morgan Stanley, Deutsche Bank kabi yirik loyihalarda tajriba orttirgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda Avesta-investitsiya kompaniyasiga asos solgan. IT yoʻnalishidagi loyihalarni oʻrganib, oʻz startapini rivojlantira boshlaydi.

Oʻsha kunlarda u Vlad Azinkhodjayev bilan tanishadi va birgalikda yangi gʻoyalar ustida ish boshlaydilar. Ular ilk marta restoranlarda joylarni bron qiladigan ilova yaratadilar. Bu esa oʻsha payt uchun eng yaxshi yangilik edi. Biroq natija ular kutganchalik boʻlmadi va loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

“Oʻshanda oʻylab qoldim. Demak stratapni „pivot“ qilish kerak. Yoʻnalish yaxshi, biroq sal oʻzgartirish kerak edi. Men oʻshanda restoranlar bilan yaxshi aloqada ekanligimizni hisobga olib, yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻyish haqida oʻylay boshladim. Axir bizda ilova bor edi-da”, — Qodir Norov.

Loyiha uchun amerikalik dasturchilar jalb qilingan. Mobil ilova uchun esa Pokistonning Lahor shahrida front-ed ishlab chiqilgan. Biroq Qodir barcha ishlab chiqaruvchilar oʻzining kompaniyasida, u bilan yaqin boʻlishi kerakligini angladi.

STOLIK

Xizmatni tashkil etish

Taʼkidlanishicha, mazkur xizmatni yoʻlga qoʻyish uchun juda koʻp odamni ishga olish shart emas. Asosiy vazifani operatorlar — mijozlar bilan gaplashib, ularni muammolarini hal qiladigan ishchilar; kuryerlar — yetkazib berishni amalga oshiradigan xodimlar bajaradi.

“Restoranlar bilan ishlash — nozik masala. Siz bunga 3-tomon sifatida qarab, barchasini birlashtira olishingiz kerak. Oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini tashkil etishda ilova faqatgina vosita ekanligini tushunish muhimdir. Eng avvalo, biznes modelni tanlay bilish lozim”, — Qodir Norov.

Yuqori sifatli yetkazib berish xizmatini tavsiflovchi 3 ta asosiy koʻrsatkich bor:

  1. tezlik
  2. xavfsizlik
  3. ishonchlilik.

Axir oziq-ovqat tez buziladigan mahsulot, u qanchalik tez yetkazib berilsa, shunchalik mijozlar koʻpayadi va kompaniya rivojlanadi. Buyurtmani yetkazib berish vaqti odatda bozorning rivojlanish darajasiga qarab 30−80 daqiqa orasida boʻladi. “Stolik” odatda 40 daqiqada missiyani bajaradi.

Ovqatlarni issiq, ichimliklarni yaxna holatda yetkazib berish uchun termos-sumkalar muhimdir. Bu nafaqat sifatga ishlaydi, balki sizning brendingizni mashhur boʻlishini ham taʼminlaydi.

Samarali ishlash uchun doimiy ravishda xizmatni yaxshilab borish muhimdir. Agar siz muvaffaqiyatga erishgan boʻlsangiz ham, ilovani va u orqali koʻrsatiladigan xizmatlarni yangilashni toʻxtatishingiz kerak emas.

Xodimlar uchun muntazam ravishda treninglar oʻtkazish, yetkazib berish tezligini, qadoqlash va tashish sifatini tekshirish, buyurtmalar hajmini, mijozlar bazasini tahlil qilish zarurdir.

“Mening vazifam har kuni ilovaga kirib, uni ishlashini tekshirishdir. Muassasalar ishlayaptimi, narxlar baza bilan bir xilmi, rasmlar toʻgʻri yuklanganmi, aloqa markazi bilan bogʻlanish qancha vaqtni oladi, qanday noqulayliklar bor, nimada odamlar qiynalyapti — bularning barchasini nazorat qilib borish kerak”, — deydi “Stolik”ning sifat nazorati menejeri Azamat Hodjinizov.

Bundan tashqari, HR ham muhim masala. Har kuni xodimlar bilan ishlash, ularni nazorat qilib borish muhimdir. Masalan, yetkazib beruvchilar qanday kiyingan, mijozga qanday muomala qiladi, termos-sumkalari qay darajada tartibga keltirilgan — bularni har kuni nazorat qilish lozim. Biznesda, ayniqsa, bunday yoʻnalishda mayda narsa boʻlmaydi.

Stolik karantin

Piyoda eltuvchi — skuter orqali eltuvchi — mashina orqali eltuvchi

Kuryer masalasi ham asta-sekin yoʻlga qoʻyiladi. Eng ekonom variant — piyoda yetkazib beruvchilar (masofaga qarab). Keyin skuter (yoki velosiped), soʻng mashina orqali yetkazib berish.

Rivojlanish bosqichi shunday ketma-ketlikda. Qancha tepaga chiqqaningiz sari, xarajatlar ham shuncha oshib boradi. Chunki, mashinasi bor haydovchini doimiyga yollash uchun sizda yaxshigina tizim ishlayotgan boʻlishi kerak.

“Avvaliga yetkazib berish masalasida oʻzim ham yordam berdim, mashinam orqali bu ishni bajarib turdim. Keyinchalik mopedlarni ijaraga oldik, talabalarni jalb qildik. Biroq bu oʻzini oqlamadi. Sababi oddiy, bizning yoʻllar va sharoit hali bu narsaga tayyor emas. Shu sabab yetkazib berish qimmatligicha qolmoqda”, — Qodir Norov.

Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, kuryerlar kompaniyaning yuzi. Ularni kiyinishi, mijozlar bilan muomalasi, xizmat koʻrsatishi — barchasi kompaniyaning kelajagini belgilaydi. Shu sabab “Stolik” avvaldanoq taksi xizmatidan foydalanmagan.

Shuningdek, mijozlar bilan ishlash, izohlarga eʼtibor berib turish kerak. Qoʻngʻiroqlar markazi operatorlari mijozlar bilan suhbatda ularning xizmat haqida fikrlarini bilishlari muhimdir. Buni messenjer yoki ilova orqali avtomatik bajarishni yoʻlga qoʻysa ham boʻladi. Agar mijoz nimadandir norozi boʻlsa va uning aytgan gaplari asosli boʻlsa, uni koʻnglini olish kerak. Bu muammoni tekin tushlik yoki kechki ovqat bilan hal qilish maqsadga muvofiq.

Reklama

Sifat — eng yaxshi koʻrsatkich. Biroq gigant kompaniyalar ham reklamaga muhtoj va bu biznesning bir qismi.

Yetkazib berishda reklamani toʻgʻri qoʻllay olish kerak. Odamlar sizni restoran emasligingizni, biroq siz orqali ular oʻz maqsadlariga yetish olishlarini tushunishlari lozim. Buyurtmalar sonini koʻpaytirib, xarajatlarni qisqartirish orqali mijozlar koʻngliga yoʻl topasiz. Bu esa bora-bora sizning reklamangizga ishlaydi. Chunki odamlarning oʻzlari siz haqingizda gapira boshlaydilar.

Dunyodagi yirik davlatlar hukumatlari ham biznesning kelajagi texnologiyada ekanligini tushuna boshladilar. Shu sabab ham IT Parklar tashkil etilmoqda, ular bir muncha vaqt startaplar uchun “xavfsizlik yostiqchasi” vazifasini bajarib berishi kerak. Ular (startaplar) ofis olishlari, konsultatsiya xizmatlaridan foydalanishlari yoki qandaydir imtiyoz olishlari lozim.

Oʻz oʻrnida “Stolik” ham IT Park rezidentiga aylandi.

Startaplar — xavf ostida turgan loyihalar hisoblanadi. Koʻplab startaplar omadsizlikka uchrab ketadi. Statistikaga koʻra, buning quyidagi asosiy sabablari bor ekan:

  • 42% holatda — bu mahsulotga bozorda talab yoʻq
  • 29% holatda — moliyaviy muammolar
  • 23% holatda — yaroqsiz jamoa
  • 19% holatda — raqobat.

Shu sabab siz oʻz biznesingizni boshlamoqchi boʻlsangiz, sizga, eng avvalo, maslahat va yoʻl-yoʻriq kerak boʻladi. Spot bu borada Sizga yordam beradi. Saytimiz orqali xalqaro kompaniyalarning keyslarini, mashhur tadbirkorlarning tajriba va maslahatlarini oʻqib borishingiz mumkin.

Hozirgi zamonda har hil turdagi biznesni yurgiza olish mumkin,

Faqat biznes g’oyani qog’ozga tushirib 7 o’lchab 1 kesish kerak

idea kelganda hissiyotlarga berilib ketmang aql bilan ish tuting , maslaxatlashing

sverka.uz

Boshlanayotgan loyiha va startaplarga omad tilaymiz.

“Stolik“ asoschisi Qodir Norov
Foto: instagram.com/kodirnorov

Boshqa qiziqarli maqolalarni o’zbek tilida o’qishni xoxlasangiz bu yerga bosing yoki telegram kanalimizga qo’shiling

Этот пост принадлежит SPOT.UZ
У нас есть разрешение от spot.uz для использования контента.
Пожалуйста, не копируйте для распространения.
Если вы хотите распространять или делиться в своем блоге, пожалуйста, свяжитесь с spot.uz.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *