Tashkent, Uzbekistan
+99897 7770356
info@sverka.uz

Moliyaviy Bilim: Bank Omonat xizmatlari qancha foyda olsa bo’ladi ?

Сайт сравнения цен и услуг

Moliyaviy Bilim: Bank Omonat xizmatlari qancha foyda olsa bo’ladi ?

idea

Mavzular:
Uyda pul saqlash sizga qancha zarar keltiradi ?
Halol Kredit
Omonat turlari 2020
Bank omonat foizlari 2020
Qanday qilib internetda pul tikmasdan pul ishlash 2020
telefon orqali internetda pul ishlash 2020
qanday qilib blogger bo’lish mumkin 2020

Yostiq tagida pul saqlaganingizda qancha zarar ko’rvossiz bilasizmi ?

Biz o’zbeklar topgan tutgan pulimizni yostiq tegida saqlashga o’rganganmiz.
Banklar deposit yacheykalariga negadur ishonmaymiz balkim oldinlari omonatga qo’yilgan pullarni qaytarib olish qandaydur qiyinchilik tug’dirgan bo’lishi mumkindur ammo hozir zamon ancha o’zgargan mening fikrimcha banklarda omonot xisob raqamlarda pul saqlash bizga katta xavf tug’dirmaydi.

Bilimga bo’lgan sarf xarajat eng katta foydadur  degan ekan “Benjamin Franklin”

“Benjamin Franklin”

Endi keling uyda pul saqlashni salbiy va ijobiy tamonlarini o’rganib chiqsak
Salbiy tamonlari:

1. Uyingizda yeg’ib yurgan misol uchun 10.000.000 uzs saqlasangiz yong’in yoki tabiy ofat o’g’rilik natijasida ulardan ayrilib qolasiz. Agar bankda saqlasangiz omonat xisob raqamida yoki deposit yacheykalarda xar xolda uyingiz yonib ketsa yoki og’ri tushsa pullaringiz xavfsiz joyda bo’ladi.

2. Yana bir tamoni o’zbekistonda so’mning infilatsia foizi 15-17% tashkil qilsa siz uyda saqlab yurgan 10.000.000 uzs 1 yildan kegin 8.300.000 uzs teng bo’ladi degani  yani 1.700.000 uzs siz shunchaki uyda saqlaganingiz uchun yo’qottingiz.

 mening fikrimcha bu axmoqlik, siz yeg’ib terib yurgan mablag’ingizni 1 qismi osmonga uchib ketsa buni albatta oldini olish kerak buning uchun Moliyaviy bilim kerak bo’ladi.

Yanada soddaroq qilib aytganda 10.000.000 uzs ga 2020 yilda 10 qo’y bersa 2021 yilda narx navolar oshishi sababli siz 8 ta qo’y va bir dona qo’zi olasiz.
Bu yerda sodda qilib tshuntirganimni sabibi  kimnidur kamsitish emas shunday tanishlarim borki infilatsiani tshuntirish qiyin bo’ladi shuning uchun shu misolda keltirdim ko’nglingizga olmang.

Tog’ri birhil odamlar etishi mumkin bizlar AQSH dollrida saqlimiza deb ammo AQSH dollarini ham infilatsiasi bor 2.7 % yani 1000 $ dan 27 $  hozirgi kunda 258.000  uzs atrofida, shunda siz pulingizni uyda aqsh dollarida saqlanganingizda ham yiliga 258.000 uzs yo’qatayapsiz degani bu esa yomon shu 258.000 gaz yoki svetga to’lasangiz bo’lardi. Etibor bering bu yerda 10.000.000 uzs yoki 1000 $ xaqida gap ketvotti agar sizda 10.000$ bo’lsa bu degani 2.580.000 uzs degani yani 270$ yilga o’zidan o’zi yo’q bo’votti.

Ijobiy tamonlari:

Ijobiy tamonlariga uncha ko’p misol ketira olmasam kerak, man o’zim bilishim bo’yicha faqat gina o’zingiz xoxlagan vaqtingizda 24/7 pulingizni ola olasiz.

Uyda pul saqlashni boshqa ijobiy tamonlarii ko’ra olmadim siz bilsangiz pastdagi kommentariyda qoldiring .

Yechim:

Pullaringizni bankda Foizli omonat xisob raqamlarida saqlang  yoki deposit yacheykalarida yoki plastik kartangizda “xozirgi vaqt plastic karta ochish muammo emas passportingiz bo’lsa bas faqat sifatli xizmat ko’rsatadigan bankni tanlang”

Xozirda ko’pgina banklar  yillik 20% omonat tariflarini taklif qivotti bu degani 17% infilatsinani ayirib tashlasak siz +3% daromad ko’rasiz yani 10.000.000 dan 300.000 uzs xarholda yomon emas 1.700.000 uzs zarar ko’rgandan ko’ra 300.000 uzs foyda ko’rgan yahshi.

Agar pulingiz Aqsh dollarida bo’lsa taxminan 4-5% tariflar mavjud agar xisoblasak 5% ayiramiz 2.7% aqsh dollari infilatsiasi +2.3%  yani 23$ 220.000uzs atrofida foydadasiz .

Banklarda xar-xil omonat tariflari bor tariff tanlayotganingizda xar bir narsaga etibor bering misol uchun

Daromadni yillik olasizmi yoki oylik ?

Agar pulingiz to’saddan zaril bo’lib qolsa qanchada ola olasiz ?

Agar pulingiz tarifda keltirilgan vaqtdan oldin yechib olsangiz daromadingiz kuyadimi yo’q ?

Bu savolarga o’zim xam javob bersam bo’lardi ammo tariflar barcha banklarda xar-xil shuning uchun o’zingiz aniqlashtirganingiz maqul.

Xo’sh endi etingchi nima uchun biz pulimzni uyda saqlab o’zimizga o’zimiz zarar keltirishimz kerak ?

Xozirda juda ko’p imkoniyatlar bor xattoki bankga borishingiz shart emas mobil ilovalardan xam omonat tariflarida foydalanishingiz mumkin.

Shuni yodda tutingki RIBO Foizga pul berish va foizga pul olish “kredit” va “Foizlik omonat” xizmatlari islomda xarom qilingan  batafsil shu yerda o’qishingiz mumkin https://islom.uz/maqola/1697

Bazi birlaringizda savol tug’ilishi mumkin nega unda shuncha narsani o’qib chiqdim deb bo’lmasa ko’pchik o’qishdan qochadi odamlarga qiziq bo’lgan malumotni berdik foydalanasizmi yo’q qolgani hammani o’zini imoniga xavola.

Islomiy Halol kredit  siz shunday kredit ham borligini bilarmidingiz ? Ha halol kreditlarham bor ammo hozircha bizning yurtimizda bunday islomiy banklarni hali ko’rganim yuq  Aqsh , Buyuk britaniya  va boshqa ko’pgina davlatlarda shunday kreditlar bor yana Qozog’istonda ham  umid qilamiz bizlarga kelib qolar.

Yana bir yahshi xabar:

Agar moliyaviy sharoitingizni halol yo’llar bilan yahshilamoqchi bo’lsangiz variantlar juda ko’p
bepul malumotlar uchun shu yerga bosing  >>>>

Qanday qilib internetda pul tikmasdan pul ishlash 2020 uchun >>>>

telefon orqali internetda pul ishlash 2020 uchun >>>>

qanday qilib blogger bo’lish mumkin 2020 uchun >>>>

Bizning telegram kanalimizga qo’shiling sifatli malumotlar bilan sizni xabardor qilib turamiza @https://t.me/sverkauz

Один Ответ

  1. sveradmin:

    Takliflaringiz bo’lsa qoldiring

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *